O‘zbekiston | 14:41 / 21.10.2015
2418
1 daqiqa o‘qiladi

Ucell`ning 9 oydagi sof tushumi 25,3 foizga o‘sdi

Ucell mobil operatorining 2015 yil 9 oyidagi sof tushumi 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 25,3 foizga oshib, 3,322 mlrd shved kronasi ($401,407 mln)ni tashkil etdi. Bu haqda TeliaSonera ma'lumotlariga asoslanib UzDaily.uz manbasi xabar qildi.

Bunda kompaniyaning uchinchi chorakdagi sof tushumi 1,178 mlrd shved kronasi (taxminan $142,372 mln)ni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 22,2 foiz o‘sish kuzatildi. TeliaSonera ma'lumotlarga ko‘ra, Ucell abonentlar bazasi 2015 yil 9 oyida 8,642 mln kishini tashkil etib, 2014 yanvar-sentabr oylariga nisbatan 2,4 foiz o‘sishga erishilgan.

2015 yil uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, har bir abonentning bir oyda foydalangan daqiqalari (MOU ko‘rchatkichi) 321 daqiqani tashkil etdi. 2014 yilning xuddi shu davrida esa bu ko‘rsatkich 330 daqiqani tashkil etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish